Bugun
15
O'zbek

"Barsa" Leau uchun 60 mln yevro to'lashga tayyor emas

Futbol
5 iyul, 04:00
Kataloniyaliklar Rafaelni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
"Barsa" Leau uchun 60 mln yevro to'lashga tayyor emas
Foto: Getty Images

"Barselona" Entoni Gordonni o'z safiga qo'shib olganiga qaramay, "Milan" vingeri Rafael Leauga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, kataloniyaliklar vinger uchun 60 million yevro to'lashga tayyor emas. Biroq klub uni o'tgan mavsumda Markus Reshfordning "Manchester Yunayted"dan o'tishidagi kabi shartlar asosida o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Barselona" Leauni "Milan"dan keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Biroq "rossoneri" rahbariyati portugaliyalik futbolchini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga berishni talab qilishi mumkin.

Qolaversa, agar "ko'k-anorranglilar" "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni transfer qilishga erisha olmasa, Leauning Kataloniya klubiga o'tish ehtimoli yanada ortadi.

Avvalroq Rafael APLga yo'l olishni istayotgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar