Bugun
15
O'zbek

Anchelotti: "Norvegiya — juda kuchli raqib"

Futbol
5 iyul, 00:25
Braziliya bosh murabbiyi Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Anchelotti: "Norvegiya — juda kuchli raqib"
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Norvegiya — juda kuchli raqib. Bu yaxshi shakllangan, yuqori mahoratga va a’lo darajadagi o‘yin uslubiga ega jamoa. Ular hujumda yaxshigina salohiyatga ega va shu bilan birga, muvozanatni ham yaxshi saqlaydi.

Norvegiya hujumkor futbol o‘ynaydi, shuning uchun ularga qarshi tezkor qarshi hujumlar tashkil etish juda qiyin. Ayniqsa, ularning markazi juda samarali harakat qiladi.

Biz eng yaxshi futbolimizni namoyish etishimiz kerak. Menimcha, hozir aynan shuni amalga oshirish vaqti keldi.

Yaponiyaga qarshi og‘ir o‘yin (2:1)dan keyin o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz yanada oshdi. Biz yanada kuchayishni xohlaymiz va har qanday vaziyatga tayyormiz", — dedi Anchelotti Braziliya milliy jamoasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqich doirasidagi Braziliya va Norvegiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 5 iyuldan 6 iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Bugungi yangiliklar