Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Paragvayga qarshi o‘yin (1:0) haqida fikr bildirdi.
«Uchrashuv oson kechmadi. Ular taktik jihatdan barcha imkoniyatlardan foydalandi. Bu muxlislarni stadionga jalb qiladigan futbol emas. Lekin ular himoyada juda yaxshi o‘ynashdi.
Shuni aytish mumkinki, Janubiy Amerika jamoalariga qarshi o‘yinlar har doim qiyin kechadi», — dedi Desham. Ma'lumot o‘rnida, Fransiya mundialning chorakfinal bosqichida Marokashga qarshi bahs olib boradi.