Bugun
16
O'zbek

Rasman: "Istanbul Bashakşehir" Shomurodovning transferini toʻliq sotib oldi

Futbol
4 iyul, 18:26
Tomonlar oʻrtasida imzolangan yangi shartnoma 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Rasman: "Istanbul Bashakşehir" Shomurodovning transferini toʻliq sotib oldi
Фото: Getty Images

"Istanbul Bashakşehir" klubi ijtimoiy tarmoqlar orqali Oʻzbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer huquqini "Roma"dan toʻliq sotib olganini eʼlon qildi.

Tomonlar oʻrtasida imzolangan yangi shartnoma 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Shomurodov 2025 yilning iyul oyida "Roma"dan ijara asosida Istanbul klubiga oʻtgan edi. Uning ishonchli oʻyinidan soʻng turk klubi futbolchini toʻliq xarid qilishga qaror qildi.

Oʻtgan mavsumda oʻzbekistonlik forvard barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, Shomurodovning ayni paytdagi bozor qiymati 7 million evroni tashkil etadi.

Faoliyati davomida Eldor "Rostov", "Jenoa", "Spetsiya", "Kalyari" hamda boshqa klublar safida ham toʻp tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
Bugungi yangiliklar