Bugun
16
O'zbek

"Arsenal" Diash transferini amalga oshirmoqchi

Futbol
4 iyul, 19:21
Transfermarkt portali portugaliyalik futbolchining qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Arsenal" Diash transferini amalga oshirmoqchi
Фото: Getty Images

"Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda TransferFeed nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Arsenal" portugaliyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. "To‘pchilar" jahon chempionatidan so‘ng Diash bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ruben 2020 yilda "Benfika"dan 71 million yevro evaziga "Manchester Siti"ga o‘tgan edi. Uning "shaharliklar" bilan hozirgi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda u jamoa safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urg‘an.

Transfermarkt portali portugaliyalik futbolchining qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar