"Everton" hujumchi Tayrik Jorjning transferini rasmiylashtirish arafasida. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma'lum qildi.
Manbaga koʻra, transferning asosiy qiymati taxminan 21 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, shartnomada yana 7 million yevro miqdorida bonuslar koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, "Chelsi" futbolchining keyingi ehtimoliy transferidan 15 foiz ulush oladi.
22 yoshli hujumchi 2026 yilning fevralida ijara asosida "Everton" safiga qoʻshilgan va klub uning oʻyinidan mamnun qolgan.
Jorj "Chelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2014 yildan buyon londonliklar tizimida faoliyat yuritib keladi. U oʻtgan mavsumda barcha turnirlarda 22 ta uchrashuv oʻtkazib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi boʻldi.