Bugun
16
O'zbek

Batlend – "Hall Siti" futbolchisi

Futbol
4 iyul, 20:12
U Shotlandiyaning "Reynjers" klubidan kelib qo'shildi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Batlend – "Hall Siti" futbolchisi
Фото: Getty Images

"Hall Siti" darvozabon Jek Batlendning transferini e'lon qildi.

Angliyalik 32 yoshli kiper "yo'lbarslar" bilan ikki yillik bitim imzoladi. Transferning moliyaviy shartlari esa oshkor qilinmadi. U Shotlandiyaning "Reynjers" klubidan kelib qo'shildi.

Jek "Birminghem Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida u "Stok Siti", "Lids", "Derbi Kaunti", "Kristal Peles" va yana bir qator klublar sharafini himoya qilgan.

Darvozabon 2023 yil yozidan buyon Glazgo klubida o'ynab kelayotgan edi. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 157 ta uchrashuvda maydonga tushib, 55 marta o'z darvozasini daxlsiz saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hall Siti Hall Siti
Bugungi yangiliklar