Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Marokash milliy jamoasi Kanada ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bellashuvning birinchi bo‘limi golsiz yakunlandi. Ikkinchi taym boshida, 50-daqiqada Azzedin Unahi hisobni ochdi. Marokash yarimhimoyachisi 82-daqiqada o‘zining ikkinchi golini urib, dubl qayd etdi. Qo‘shib berilgan 90+8-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Sufyon Rahimi uchinchi golni urib, bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Marokash yarimhimoyachisi Ismoil Saybari jarohat sabab maydonni tark etdi va uning o‘rniga Sufyon Rahimi maydonga tushirildi.
Marokash chorakfinalda Paragvay – Fransiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
JCH-2026. 1/8 final
Kanada – Marokash 0:3
Gollar: Unahi 50, 82, Rahimi 90+8.
Kanada: Krepo, Jonston, Bombito, Laryea (Shaffelburg, 79), De Fujerol, Eushtakio, Sigur (Osorio, 88), Ali Ahmad (Promis Devid, 79), Byukenen (Jeyden Nelson, 88), Oluvaseyi (Kayl Larin, 63), Jonatan Devid.
Marokash: Bunu, Hakimi, Issa Diop (Sadane, 87), Mazraui, Xalxal, El Aynaui, Buaddi (Amrabat, 63), Unahi (El-Murabet, 87), Saybari (Rahimi, 22), El Xannus (Talbi, 63), Braim Dias.