Marokash milliy jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Uabi Kanadaga (3:0) qarshi bellashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Natijadan juda xursandmiz. Bu jahon chempionati uchrashuvi va bunday bahslar doimo og'ir o'tadi. Har bir jamoa o'z taqdiri uchun kurashadi.
Ikkinchi bo'limda to'p uchun kurashlarda juda yaxshi harakat qildik va yakka kurashlarda ham ishonchli o'ynadik.
Tan olishim kerak, Kanada menda katta taassurot qoldirdi. Ular ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Bu biz uchun kutilmagan holat emasdi, ammo tanaffusdan keyin raqib qoldirgan bo'sh hududlardan unumli foydalandik. G'alabamizning asosiy omili ham shu bo'ldi», — deya Uabining so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.