Live
1
O'zbek

Kanada JCH-2026 bilan xayrlashgan ilk mezbon jamoaga aylandi

Futbol
4 iyul, 15:16
Marokash 1/8 finalda yirik g‘alaba qozonib, mezbonlardan birini musobaqadan chiqarib yubordi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kanada JCH-2026 bilan xayrlashgan ilk mezbon jamoaga aylandi
Foto: Getty Images
04.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Kanada Kanada 0 : 3 Marokash Marokash

Kanada milliy jamoasi JCH-2026 1/8 finalida Marokashga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.

Shu tariqa, Kanada AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan mundialda musobaqani tark etgan ilk mezbon milliy jamoaga aylandi. Kanadaliklar guruh bosqichida B guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan, 1/16 finalda esa Janubiy Afrika Respublikasini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgandi.

Shunga qaramay, ushbu natija Kanada futboli tarixidagi eng yaxshi jahon chempionati natijasi bo‘ldi. Mamlakat milliy jamoasi avval 1986 va 2022 yilgi mundiallarda ishtirok etgan, biroq har ikki safar ham guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Meksika milliy jamoalari hali JCH-2026 1/8 final bahslarini o‘tkazmagan. AQSH Belgiya bilan, Meksika esa Angliyaga qarshi maydonga tushadi.

Ma'lumot uchun, Marokash milliy jamoasi Kanada ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng mundial chorakfinaliga yo‘l oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kanada Kanada
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar