Bugun
16
O'zbek

Unahi: "Bu turnirda oson o‘yinlar yo‘q, eng muhimi — keyingi bosqichga chiqdik"

Futbol
4 iyul, 17:11
Marokashlik futbolchi Kanadaga qarshi bahsda dublga erishdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Unahi: "Bu turnirda oson o‘yinlar yo‘q, eng muhimi — keyingi bosqichga chiqdik"
Фото: Getty Images
04.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Kanada Kanada 0 : 3 Marokash Marokash

Marokash milliy jamoasi yarimhimoyachisi Azzeddin Unahi Kanadaga qarshi 1/8 final bahsidan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugun gol urgandan juda xursandman. Biz uchun o‘yin oson kechmadi. Kanadaga qarshi bahs qanchalik qiyin ekanini, ayniqsa birinchi bo‘limda, yana bir bor his qildik.

Bu uchrashuv bizga yanada kuchliroq bo‘lishimizga yordam beradi. Biz yana bir bor ishonch hosil qildikki, ushbu turnirda oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Eng muhimi esa keyingi bosqichga chiqqanimizdir», — dedi Unahi FIFA rasmiy saytiga.

Ma’lumot uchun, Marokash chorakfinalida Paragvay — Fransiya juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kanada Kanada
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar