Marokash milliy jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi JCH-2026 1/8 finalida Kanadaga qarshi bahsda mundiallar tarixidagi 15-o‘yinini o‘tkazdi.
Shu tariqa, 26 yoshli futbolchi Afrika futboli tarixida jahon chempionatlarida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi sifatidagi rekordini yanada mustahkamladi. Hakimi avvalroq 2018 yil Rossiyada va 2022 yil Qatarda o‘tkazilgan mundiallarda ham Marokash milliy jamoasi sharafini himoya qilgandi.
Afrikalik futbolchilar orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni ham Hakimining jamoadoshi Azzedin Unahi egallab turibdi. Aynan Unahi Kanada darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, unga golli uzatmani Ashraf Hakimiy amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Marokash milliy jamoasi JCH-2022da tarixiy natija qayd etib, yarimfinalgacha yetib borgandi.
Ma'lumot uchun, Hakimi JCH-2026da ham jamoaning yetakchilaridan biri bo‘lib qolmoqda va Kanada bilan bahsda golli uzatma muallifiga aylandi.