«Barselona» himoyachisi Alexandro Balde yozgi transfer oynasida jamoani tark etmaydi.
Diario SPORT xabariga ko‘ra, «Chelsi» va «Manchester Siti» futbolchi uchun 80 million yevrolik taklif bilan chiqqan. Biroq «Barselona» prezidenti Joan Laporta Baldeni jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda va uni sotishni istamayapti.
Shuningdek, klub sport direktori Deko himoyachiga qiziqish bildirgan barcha jamoalarga Balde transferga qo‘yilmaganini ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Alexandro Balde «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Ma'lumot uchun, 2025/26 yilgi mavsumda 21 yoshli himoyachi «Barselona» safida barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.