Belarusda yig‘in o‘tkazayotgan "Andijon" klubi navbatdagi o‘rtoqlik bellashuvida maydonga tushdi.
Rossiyaning "Yenisey" jamoasiga qarshi o‘ynagan "burgutlar" 1:1 hisobida durang qayd etdi. Vodiyliklar safida yagona gol Po‘latxo‘ja Xoldorxonov hisobiga yozildi.
Islom Ahmedov jamoasining Minskdagi yig‘ini 6 iyul sanasiga qadar davom etadi.
O‘rtoqlik o‘yini
Andijon – Yenisey 1:1
Gol: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov