"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik faoliyatini "Jenoa"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Janluka Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Rim klubi futbolchini keyingi mavsum yakuniga qadar ijaraga berishga tayyor. Genuya klubi bosh murabbiyi Daniele de Rossi ukrainalik 20 yoshli forvardni jamoasida ko'rishni shaxsan istamoqda va uni ko'ndirishga harakat qilmoqda.
O'tgan mavsumda Artyom A Seriyada 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Hozirgi vaqtda forvardning transfer bozoridagi bahosi 15 million yevroni tashkil etadi. Uning "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.