Bugun
45
O'zbek

«Roma» milliard yevrolik yangi stadion qurishga ruxsat oldi

Futbol
29 sentabr, 12:16
Shahar meri Roberto Gualtieri qurilish 2027-yil mart oyida boshlanishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.
«Roma» milliard yevrolik yangi stadion qurishga ruxsat oldi
Foto: Gettyimages

Rim rasmiylari «Roma»ga yangi stadion qurishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda «jallorossi» matbuot xizmati. Yangi arena 60 605 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

«Bugundan boshlab «Roma» va shaharga ularning tarixi va ambitsiyalariga mos keladigan zamonaviy, munosib stadion berish uchun yangi bosqich boshlanadi. Loyiha nafaqat klub va uning muxlislari uchun yangi uy sifatida, balki Rim uchun yangi imkoniyatlar yaratishi, hududni obodonlashtirish va rivojlantirishga hissa qo‘shishi hamda butun shahar va uning hamjamiyatiga uzoq muddatli foyda keltirishi mumkin bo‘lgan boylik sifatida ishlab chiqilgan», - deyiladi klub bayonotida.

Rim shahri meri Roberto Gualtieri qurilish 2027-yil mart oyida boshlanishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlar taxminan ikki yarim yil davom etadi va stadion 2029-yil oxirigacha tayyor bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Roma» o‘z uy uchrashuvlarini «Latsio»ning uy arenasi hisoblangan va 70 634 tomoshabinni bag‘riga sig‘dira oladigan Olimpiya stadionida o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar