Bugun
27
O'zbek

«Roma» Gerreyruni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Futbol
23 sentabr, 06:39
«Bo‘rilar» allaqachon uning agentlari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
«Roma» Gerreyruni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Фото: Getty Images

«Borussiya D» va «Bavariya»ning sobiq himoyachisi Rafael Gerreyru faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

TUTTOmercatoWEB nashri xabar berishicha, futbolchiga «Roma» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Bo‘rilar» portugaliyalik 32 yoshli futbolchi borasida allaqachon uning agentlari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Qayd etilishicha, «Roma» bosh murabbiyi Jan Piero Gasperinining shaxsan o‘zi Rafaelni jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Shuningdek, futbolchiga Gretsiyaning «Olimpiakos» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Gerreyru 2023-2026 yilgacha «Bavariya» sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsumda portugaliyalik himoyachi barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti marta ishg‘ol qilgan. Shuningdek, uning hisobida uchta golli uzatma ham bor.

Avvalroq «Bavariya» Keynga o‘rinbosar sifatida Holandni kuzatib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar