Bugun
27
O'zbek

A Seriyaning 3 ta klubi gruziyalik hujumchiga qiziqmoqda

Futbol
23 sentabr, 06:03
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.
A Seriyaning 3 ta klubi gruziyalik hujumchiga qiziqmoqda
Фото: Getty Images

«Frosinone» hujumchisi Giorgi Kvernadze Italiyaning bir qator yuqori divizion klublari e’tiborini tortdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, gruziyalik 23 yoshli futbolchini «Roma», «Napoli» va «Fiorentina» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Ushbu klublar Kvernadzening bu mavsumdagi o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda.

Giorgi «Frosinone» safida hozirga qadar 5 ta gol va 2 ta golga uzatma qayd etgan. Kvernadze 2024 yil yozidan buyon ushbu jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 8 million yevro atrofida baholanmoqda.

Avvalroq Transfermarkt A Seriyaning eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Napoli Napoli
  • Fiorentina Fiorentina
  • Frosinone Frosinone
Bugungi yangiliklar