Bugun
16
O'zbek

Oyarsabal JChdagi muammolar haqida gapirdi

Futbol
4 iyul, 17:16
Ispaniyalik futbolchi parvozlarga to'xtaldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Oyarsabal JChdagi muammolar haqida gapirdi
Фото: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal jahon chempionati davomida futbolchilar duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

«Doimiy ravishda safar qilishga to'g'ri kelmoqda. Har bir uchrashuv uchun uch-to'rt soatlik parvozlar, charchoq, vaqt mintaqalarining almashishi, kech qaytishlar va bu yerdagi issiq havo — bularning barchasi juda ham toliqtiradi.

To'g'ri, bizga omad kulib boqdi. Gvadalaxaradan tashqari deyarli barcha stadionlar yopiq inshootlar hisoblanadi. Umid qilamanki, final ham shunday stadionda o'tkaziladi. Bunday arenalarda havo unchalik issiq bo'lmaydi va konditsionerlar mavjud. Bu esa o'yin paytida juda katta yordam beradi», — dedi Oyarsabal Marca nashriga.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar