Marokash milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatining chorakfinaliga yo'l oldi.
Afrika vakili 1/8 final bosqichida Kanadani 3:0 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga chiqdi.
Shu tariqa, marokashliklar ketma-ket ikkinchi jahon chempionatida ham chorakfinal yo'llanmasiga ega bo'ldi.
Chorakfinalda Marokash Paragvay — Fransiya juftligi g'olibi bilan bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, 2022 yil Qatarda o'tkazilgan Jahon chempionatida ham Marokash tarixiy natija qayd etib, yarimfinalgacha yetib borgan edi. O'shanda ular Fransiyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan, uchinchi o'rin uchun o'yinda esa Xorvatiyaga 1:2 hisobida yutqazib, turnirni to'rtinchi o'rinda yakunlagan edi.