Jahon chempionati nimchorak finalining ikkinchi bellashuvi yakuniga yetdi. Unda Fransiya milliy jamoasi Paragvay bilan bellashib, minimal hisobda g'alaba qozondi.
Bellashuvni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi oʻzbekistonlik hakamlar boshqarib borishdi. 70-daqiqada Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Shu tariqa, Fransiya chorakfinalga yo'llanma oldi. Endilikda Desham jamoasi ushbu bosqichda Marokashga qarshi bellashadi.
JCH-2026. 1/8 final
Paragvay – Fransiya 0:1
Gol: Mbappe 70 penalti
Paragvay – Hil, Velaskes, Alderete (Kanale, 58), Kaseres, Alonso, G. Gomes (Maurisio, 71), D.Gomes, Almiron (Avalos, 71), Kubas, Galarsa, Ensiso (Kabalero, 61).
Fransiya – Menyan, Din, Upamekano, Kunde, Saliba, Kone, Rabio, Dembele (Sherki, 84), Mbappe, Olise, Barkolya (Due, 61).
Ogohlantirishlar: Barkolya 19, Kone 81, Olise 90+7.