Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rayan Sherki JCH-2026 vaqtida uyqusizlikdan aziyat chekmoqda, deb yozadi L’Equipe.
Avvalroq futbolchi Shvetsiyaga (3:0) qarshi o'yindan keyin bosh murabbiy Didie Deshamni namoyishkorona e'tiborsiz qoldirgandi.
Futbolchiga yaqin insonlarning aytishicha, uning bu harakati ichki tushkunlikning ifodasi bo'lgan. Shaxsiy hayotidagi muammolar sababli vinger uyqu buzilishi va asabiy zo'riqishni boshdan kechirmoqda. U zahiradan maydonga tushib, yaxshi o'yin orqali kayfiyatini ko'tarishni istagan, ammo buning uddasidan chiqa olmagan. Murabbiylar shtabi esa yuzaga kelgan vaziyatga tushunishga harakat qilmoqda.
Jahon chempionatida Sherki hozirgacha qo'shimcha vaqtlarni hisobga olmaganda atigi 55 daqiqa maydonda harakat qildi va biror marta ham asosiy tarkibda maydonga tushmadi. L’Equipe ta'kidlashicha, Rayanning o'zi ham hozirgi vaziyat va raqobatchilarining formasini hisobga olganda muntazam o'yin amaliyotiga umid qila olmasligini yaxshi tushunadi.
Kilian Mbappe, Usmon Dembele va Markus Tyuram jamoadoshini qo'llab-quvvatlab, unga vaqti albatta kelishi, ayniqsa milliy jamoa ikkinchi bo'limlarda qiyinchilikka duch kelganda unga imkoniyat berilishini aytishmoqda.
Sherki JCH vaqtida uyqusizlikdan aziyat chekmoqda
Futbol
2 iyul, 15:00
Uning Deshamga nisbatan munosabati ichki tushkunlikning ifodasi bo'lgan.
Foto: Getty Images