Live
2
O'zbek

O'rtoqlik o'yini. "Navbahor" "Bashakshehir"ga 4 ta gol urdi

Futbol
2 iyul, 13:05
Norchayev va Jiyanov dublga erishdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
O'rtoqlik o'yini. "Navbahor" "Bashakshehir"ga 4 ta gol urdi
Foto: FC Navbahor

Yozgi yig'inni Turkiyada o'tkazayotgan "Navbahor" ikkinchi o'rtoqlik bahsini Istanbulning "Bashakshehir" klubiga qarshi o'tkazib, 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Namanganliklardan Husayn Norchayev va Ruslan Jiyanov dublga erishdi.

Eslatib o'tamiz, "Bashakshehir" safida O'zbekiston milliy jamoa futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev harakat qiladi. Ammo mundialda ishtirok etgan ikkala o'yinchi ham ayni vaqtda O'zbekistonda bo'lib turishibdi.

Temur Kapadze jamoasi avvalroq Ozarboyjon vitse-chempioni “Zira”dan ustun kelgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar