Qirg'iziston milliy jamoasi hujumchisi Joel Kojo Superligaga qaytdi.
Ganada tug'ilgan 27 yoshli futbolchi "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi.
Kojo faoliyati davomida "Oloy" (2017-2021), "Dordoy" (Bishkek) (2021-2023), "Dinamo" (Samarqand) (2023-2024), "Istiqlol" (Eron) (2025-2026) va "Neftchi" (Farg'ona) (2025, ijara) jamoalarida o'ynagan.
Hujumchi so'nggi o'yini 2025 yil oktabr oyida "Neftchi" safida "Sho'rtan"ga qarshi o'tkazib, o'sha bahsda jiddiy jarohat olgandi. Shundan beri u jarohatidan tiklandi.
Joel Kojo – "Navbahor" futbolchisi
Futbol
29 iyun, 14:50
Qirg'iziston milliy jamoasi hujumchisi yana Superligada o'ynaydi.
Foto: FC Navbahor