"Trabzonspor" vingeri Felipe Augusto "Zenit" a'zosiga aylandi.
Klublar braziliyalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishdi. Shartnoma "4+1" ko'rinishida tuzildi.
Rossiya chempioni 22 yoshli hujumkor o'yinchi uchun 15 million yevro to'ladi. Yana 5 million yevro bonuslar bor.
O'tgan mavsumda Augusto Turkiya Superligasida 32 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urg'an.
Felipe "Korintians" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U faoliyati davomida "Serkl Bryugge"da ham o'ynagan.
