Live
5
O'zbek

“Navbahor” va OKMK klublari sobiq hujumchisi Kasyan 37 yoshida vafot etdi

Futbol
31 avgust, 15:23
Ukrainalik futbolchining yuragi urishdan toʻxtab qolgan.
“Navbahor” va OKMK klublari sobiq hujumchisi Kasyan 37 yoshida vafot etdi
Foto: FC Navbahor

Bir necha yil davomida Oʻzbekiston Superligasida oʻynagan hujumchi Aleksandr Kasyan 30 avgust kuni 37 yoshida vafot etdi.

Bu haqda uning sobiq klublaridan biri “Fakel” xabar berdi.

“Fakel”ning sobiq hujumchisi Aleksandr Kasyan 37 yoshida vafot etdi. Sashaning yuragi urishdan toʻxtadi…

Aleksandrning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Ushbu ogʻir damlarda dardingizga sherikmiz",
— deb yozadi voronejliklar matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun, ukrainalik forvard Oʻzbekistondagi faoliyati davomida “Navbahor”, “Surxon”, OKMK va “Buxoro” klublarida toʻp tepgan.

Aleksandr Kasyan
Foto: FC Fakel

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • ОКМК ОКМК
  • Surxon Surxon
  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar