Live
8
O'zbek

Temirov: «Haqli g‘alabaga erishdik»

Futbol
26 avgust, 15:39
«Andijon» vakili jamoasi «Xorazm»ga qarshi bahsda o‘yinni to‘liq nazorat qilganini ta’kidladi.
Temirov: «Haqli g‘alabaga erishdik»
Foto: Andijon FK
25.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Andijon Andijon 1 : 0 Xorazm Xorazm

Temirov: «Haqli g‘alabaga erishdik»

«Andijon» vakili jamoasi «Xorazm»ga qarshi bahsda o‘yinni to‘liq nazorat qilganini ta’kidladi.

«Andijon» Superliga 19-turida «Bobur Arena»da «Xorazm»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan yarimhimoyachi Damir Temirov bahsdan keyingi fikrlarini bildirdi.

«Juda zo‘r va tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Haqli g‘alabaga erishdik, deb o‘ylayman. Hisob 0:0 bo‘lib turganda ham asabiylashganimiz yo‘q, chunki o‘yinni 90 daqiqa nazorat qildik.

Gol urgandan keyin hissiyotlarga berilib, o‘yin nazorati va konsentratsiyani yo‘qotmaslikni o‘yladik. Xudoga shukurki, g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qila oldik», — dedi Temirov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • Xorazm Xorazm
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar