Live
11
O'zbek

Yelichich: «Bunyodkor» qiyin holatda ham yaxshi kurash taklif qildi»

Futbol
26 avgust, 14:50
«Lokomotiv» bosh murabbiyi jamoaning o‘yini, tajribali futbolchilar, taktika va Yaxshiboyev haqida gapirdi.
Yelichich: «Bunyodkor» qiyin holatda ham yaxshi kurash taklif qildi»
Foto: Lokomotiv PFK
26.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent 4 : 1 Bunyodkor Bunyodkor

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Mirko Yelichich «Bunyodkor»ga (4:1) qarshi bahsdan so‘ng bellashuv haqida fikr bildirdi. Mutaxassis raqib ayrim vaziyatlarda ustunlik qilganini ta’kidladi.

«Bu uchrashuvning oson o‘tmasligini oldindan bilardik. Ayrim paytlarda raqiblar bizdan ustunlik qilishdi. Hisobning 4:1 bo‘lib ketgani o‘yinning darajasini ko‘rsata olmaydi. «Bunyodkor»ning bunday qiyin holatda yaxshi kurash taklif qilganidan xursandman», — dedi Yelichich.

Murabbiy darvozabonlar masalasiga ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, Nikita Shevchenko so‘nggi uch uchrashuvda o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi, biroq ayni paytda Aleksey Kozlov jamoaning asosiy darvozaboni hisoblanadi. Yelichich yil oxirigacha zaxiradagi darvozabonlarga ham imkoniyat berishni rejalashtirayotganini aytdi.

Tajribali futbolchilarning jamoaga qo‘shayotgan hissasi haqida gapirar ekan, mutaxassis ularning professionalligi va yosh futbolchilarga berayotgan tajribasini alohida qayd etdi.

«Futbolchi o‘zini professional tutib, har tomonlama o‘ziga qarasa, 40 yoshgacha ham futbol o‘ynay oladi. Bu yigitlar o‘zlarini professional kabi tutishmoqda. Tarkibdagi yosh futbolchilar esa bu tajribali insonlardan ko‘p narsalarni olishmoqda», — dedi u.

Yelichich «Lokomotiv»ning turli taktik sxemalardan foydalanishiga ham izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, 4 yoki 5 himoyachi bilan o‘ynash raqib, tarkibdagi futbolchilarning sifati va o‘yin sharoitiga qarab belgilanadi.

Mutaxassis ketma-ket ikkinchi uchrashuvda gol urgan Jasur Yaxshiboyevni xavfli futbolchi deb atadi va uning jamoaga katta yordam berayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, murabbiy Temurxo‘ja Abduxoliqovning og‘ir holatiga to‘xtalib, klub unga yordam berishga harakat qilayotganini bildirdi.

«Temurxo‘jaga rahmat aytaman, u shu holatdan chiqib ketish uchun harakat qilmoqda. O‘z navbatida biz ham unga yordam berish uchun qo‘limizdan kelganini qilyapmiz», — dedi Yelichich.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • Bunyodkor Bunyodkor
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar