Superliganing 18-tur bahslariga qancha muxlis tashrif buyurganligi ma’lum qilindi.
Eng ko‘p muxlis «Navbahor» — «Nasaf» bahsida qayd etildi — 19 540 nafar.
Muxlislar tashrifi:
- «Navbahor» — «Nasaf» — 19 540
- «Buxoro» — «Neftchi» — 9 121
- «Xorazm» — «Lokomotiv» — 6 245
- «OKMK» — «Dinamo» — 2 416
- «Paxtakor» — «Surxon» — 1 835
- «So‘g‘diyona» — «Qizilqum» — 1 480
- «Bunyodkor» — «Qo‘qon-1912» — 538
- «Mash’al» — «Andijon» — 432
Jami: 41 607 nafar muxlis.
Eslatib o'tamiz, 18-tur uchrashuvlari 18–21 avgust kunlari o‘tkazildi.
