Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Xulian Alvarez La Liga 2-turida «Vilyarreal»ga qarshi bahs uchun qaydnomaga kiritilganini ma’lum qildi. Avvalroq futbolchining klubni tark etishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
«Alvarez ertangi bahs uchun qaydnomaga kiritilgan va individual dastur asosida shug‘ullanmoqda. Bizni oson bo‘lmagan bahs kutmoqda: raqib kuchli va sifatli futbolchilarga ega. Biz futbolchilarning o‘yin vaqtini taqsimlab boryapmiz, raqib esa optimal sport formasiga allaqachon kirib ulgurgan.
Alvarez bilan gaplashdimmi? Boshqa inson aynan nimalarni his qilayotganini aytish qiyin. U eng yaxshi tarzda shug‘ullanmoqda va jamoadoshlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqda.
Klub bilan birgalikda tanlagan yo‘limiz borasida hech qanday shubham yo‘q — asosiy e’tibor keyingi bahsga qaratilgan kuchli jamoani shakllantirishga qaratilgan. Men aynan shunga e’tibor qaratmoqdaman», — dedi Simeone.
Ma’lumot uchun, «Atletiko» 23 avgust kuni La Liga 2-turida «Vilyarreal»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.