Live
4
O'zbek

Simeone Alvaresning o‘yin tugashi bilan kiyinsh xonasi tomon yo‘l olganiga munosabat bildirdi

Futbol
23 avgust, 15:51
"Atletiko" hujumchisi "Vilyarreal"ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoadoshlari bilan muxlislar oldiga bormadi.
Simeone Alvaresning o‘yin tugashi bilan kiyinsh xonasi tomon yo‘l olganiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
23.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 2 : 2 Villarreal Villarreal

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone La Liganing 2-turidan oʻrin olgan “Vilyarreal”ga (2:2) qarshi oʻyindan soʻng Xulian Alvaresning xatti-harakatlari haqida fikr bildirdi.

Argentinalik hujumchi bellashuvning ikkinchi bo‘limida zahiradan maydonga tushdi. Muxlislar u to‘pga tekkan har bir vaziyatni hushtakbozlik bilan qarshi olishdi, shuningdek, "Butunlay yo‘qolsin!" deya hayqirishdi. Yakuniy hushtakdan so‘ng Alvares jamoa bilan birga tribuna tomon bormadi va darhol kiyinsh xonasiga yo‘l oldi.

— Rahbariyat uning tribunalar va muxlislar yaqinida bo‘lmasligi haqida qaror qilgan. Klub uni muxlislardan uzoqroqda ushlab turish va jamoaning qolgan qismini ajratishga qaror qildi. Shuning uchun u kiyinsh xonasiga ketdi.

— Buni qanday qabul qildingiz?

— Men bu yerga maslahat berish uchun kelgan emasman. O‘z ishimgа e'tibor qaratishim kerak. Bu esa maydonda bor kuchim bilan harakat qilishdan iborat. Agar biz sovrin qo‘lga kiritishni istasak, jipslashishimiz va hujumchilarga, ayniqsa, yuqori darajadagi forvardlarga ega bo‘lishimiz kerak. Barchamiz o‘z vazifamizni munosib tarzda bajarishimiz lozim.

Xulian haqidagi barcha savollarga javob berish niyatim yo‘q. Sizning xavotiringizni tushunaman, ammo o‘yinda nimalar sodir bo‘lgani haqida gaplashishimiz mumkin.

— Ammo muxlislarga biror narsa aytmoqchimisiz?

— Menimcha, birlashishimiz kerakligini yetarlicha aniq aytdim. Birlashganimizda ko‘p narsaga erisha oldik. Bizga hujumchilar kerak. Ular bizda bor va biz ularga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak, — deya argentinalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi AS.

Diego Simeone
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar