Live
3
O'zbek

Laporta: «Ishonchim komil, Yamal oxir-oqibat «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi»

Futbol
27 oktabr, 05:45
«Barselona» prezidenti yosh futbolchi bu yil ham sovringa munosib o‘yin ko‘rsatganini ta’kidladi.
Laporta: «Ishonchim komil, Yamal oxir-oqibat «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi»
Foto: Getty Images
25.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 2 Real Madrid Real Madrid

«Barselona» prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamalning «Oltin to‘p» uchun kurashdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Uning ishonch bildirishicha, Yamal kelajakda futbol olamining eng nufuzli individual mukofotini qo‘lga kiritadi.

26-oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida «Bavariya» hujumchisi va Angliya milliy jamoasi futbolchisi Harri Keyn g‘olib deb topildi. Yamal esa bu safar sovrinni qo‘lga kirita olmadi.

«Ishonchim komil, Yamal oxir-oqibat «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi. Qachonligini bilmayman, ammo u bunga munosib. Menimcha, u bu yil mukofotni olish uchun zarur bo‘lgan barcha ishni qildi, biroq ovoz beruvchilar boshqa qarorga kelishdi», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

«Bunday qarorni sportchiga xos munosiblik bilan qabul qilish kerak. Umid qilamanki, bu holat uning uchun shaxsiy motivatsiyaga aylanadi. Ishonchim komilki, shunday bo‘ladi. Jamoadoshlari unga ushbu murakkab vaziyatni tezroq yengib o‘tishda yordam berishadi», — deya qo‘shimcha qildi «Barselona» prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi «Oltin to‘p» sohibi Harri Keyn bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar