Live
4
O'zbek

Yamal — 2027 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy favorit

Futbol
27 oktabr, 09:35
Keyn beshinchi, Mbappe esa ikkinchi o‘ringa joylashtirildi.
Yamal — 2027 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy favorit
Foto: Getty Images

GiveMeSport portali jurnalistlari 2027 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan «Barselona» vingeri Lamin Yamal joy oldi.

Yamal ushbu yilgi ovoz berishda uchinchi o‘rinni egallagan, undan oldingi yilda esa ikkinchi bo‘lgandi. Nashr tuzgan yangi reytingda «Real» hujumchisi Kilian Mbappe ikkinchi, «Bavariya» vingeri Maykl Olise uchinchi o‘ringa qo‘yildi.

Kuchli o‘ntalikdan Jud Bellinghem, Harri Keyn, Erling Holand, Deklan Rays, Rafinya, Usmon Dembele va Dezire Due ham joy olgan. Yaqinda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan Keyn ushbu ro‘yxatda beshinchi pog‘onadan o‘rin oldi.

Reyting jami 20 nafar futbolchini qamrab olgan. Unda Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu nomlari yo‘q.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini «Bavariya» va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keynga nasib etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar