Live
3
O'zbek

Alli: «Kim nima deyishi bilan ishim yo‘q. Keyn «Oltin to‘p»ga munosib»

Futbol
27 oktabr, 11:11
Angliya milliy jamoasi va «Tottenhem» klubi sobiq yarimhimoyachisi hamyurtining muvaffaqiyatiga munosabat bildirdi.
Alli: «Kim nima deyishi bilan ishim yo‘q. Keyn «Oltin to‘p»ga munosib»
Foto: Gettyimages

Angliya milliy jamoasi va «Tottenhem» klubi sobiq yarimhimoyachisi Dele Alli forvard Harri Keyn «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritganiga munosabat bildirdi.

«Bu sovringa undanda munosibroq hech kim yo‘q. Yig‘lab yuborishimga sal qoldi. Bu yigit qanchalik qattiq mehnat qilishini tasavvur qilyapsizmi? Bunga u barchadan ko‘ra ko‘proq munosib. Kim nima gapirayotgani bilan esa umuman ishim yo‘q», - deya Alli so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni angliyalik hujumchi faoliyatida birinchi marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlab o‘tamiz, Alli va Keyn uzoq vaqt Londonning «Tottenhem» klubi safidi birga to‘p tepgan. Keyn 2023-yil Myunxen klubi safiga ko‘chib o‘tgan.

Bugungi yangiliklar