Live
2
O'zbek

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yamalning «Oltin to‘p» uchun kurashdagi omadsizligiga munosabat bildirdi

Futbol
27 oktabr, 11:29
Luis de la Fuente «Oltin to‘p» sovrini so‘rovnomasi natijalari borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yamalning «Oltin to‘p» uchun kurashdagi omadsizligiga munosabat bildirdi
Foto: Gettyimages

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Oltin to‘p» sovrini so‘rovnomasi natijalari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barselona» 19 yoshli vingeri Lamin Yamal sovrin uchun asosiy da’vogarlar qatorida tilga olinganiga qaramay, yakunda «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn hamda Madridning «Real» jamoasidan Kilian Mbappega imkoniyatni boy berdi.

«Lamin hali juda ko‘p «Oltin to‘p» sovrinlarini yutadi. U xotirjam bo‘lishi mumkin. Biz hammamiz uning kimligini va qanday salohiyatga egaligini bilamiz», – deya de la Fuente so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, yozda AQSH, Kanada va Meksikada o‘tgan jahon chempionatida Yamal Ispaniya milliy jamoasi safida chempionlikni qo‘lga kiritdi. «Barselona» bilan esa vinger La Liga g‘olibligini nishonladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar