Germaniya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus «Oltin to‘p» sovrini uchun ovoz berish natijalari haqida gapirdi.
«Menimcha, Mbappe ovoz berishda hisobga olingan davrda uzoq vaqt jarohat olgan, jahon chempionatida bor-yo‘g‘i bitta gol urgan va Keyn, Mbappe, Maykl Olise yoki Jud Bellinghem kabi ko‘rsatkichlar bilan maqtana olmaydigan Yamaldan ko‘ra ko‘proq narsa ko‘rsatdi. Oxirgisini ham eng yaxshi o‘ntalikka kiritgan bo‘lardim. Olise chindan to‘qqizinchi o‘ringa munosib. Qaysi futbolchilar undan balandroq o‘ringa joylashganini hisobga olish kerak: Rodri, Usmon Dembele yoki Erling Holand. Umuman olganda, tanlov ajoyib bo‘ldi. Ovoz berishni tashkil etgan va qaror qabul qilganlarning barchasini maqtamoqchiman!», - deya Matteusning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Germany.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» sovrindori «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn bo‘ldi. Angliyalik hujumchi uchun bu shaxsiy mukofot faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.