Live
18
O'zbek

«Milan» yarimhimoyachisi Fofanaga APLning uch klubi qiziqish bildirmoqda

Futbol
22 avgust, 07:00
Yussuf Fofana faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
«Milan» yarimhimoyachisi Fofanaga APLning uch klubi qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Milan» yarimhimoyachisi Yussuf Fofana Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchiga APLning uch klubi — «Nottingem Forest», «Kristal Pelas» va «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda. Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Milan» joriy yozda 27 yoshli yarimhimoyachini 13 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Fofana o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Futbolchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Bugungi yangiliklar