Live
17
O'zbek

«PSJ» Mbaye uchun 70 mln yevro talab qilmoqda, «Liverpul» esa uni 50 mln yevroga baholamoqda

Futbol
22 avgust, 06:15
Fransiya klubi va Angliya jamoasi 18 yoshli vingerning transfer summasi bo‘yicha turlicha fikrda.
«PSJ» Mbaye uchun 70 mln yevro talab qilmoqda, «Liverpul» esa uni 50 mln yevroga baholamoqda
Foto: Getty Images

«PSJ» «Liverpul» qiziqish bildirayotgan vinger Ibragim Mbaye transferi uchun 70 million yevro talab qilmoqda. Biroq bu summa muzokaralar uchun boshlang‘ich narx sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» 18 yoshli futbolchini 50 million yevroga baholamoqda va Mbaye uchun hatto 60 million yevro to‘lashga ham tayyor emas. Shu bilan birga, Mersisayd klubi futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Mbaye «PSJ» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Ibragim Mbaye­ning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar