Live
17
O'zbek

Arteta: «Tsolisning Sanches bilan taqqoslanishi o‘rinli»

Futbol
22 avgust, 06:30
«Arsenal» bosh murabbiyi yangi hujumchining so‘nggi uchrashuvlardagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Arteta: «Tsolisning Sanches bilan taqqoslanishi o‘rinli»
Foto: Getty Images
21.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Arsenal Arsenal 3 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning yangi hujumchisi Xristos Tsolisning klubning sobiq futbolchisi Aleksis Sanches bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi.

«Menga jamoamizda bor-yo‘g‘i bir necha haftadan beri bo‘layotgan futbolchining to‘pga ega bo‘lganida har safar energiya bilan harakat qilishi yoqadi. Menimcha, Xristos bunday taqqoslashga loyiq. Uning so‘nggi bir necha uchrashuvdagi o‘yini fenomenal bo‘ldi.

U juda faol va vaziyatlar yaratishga intiladi. Maydonning so‘nggi 30 metrida, hatto bo‘sh joy juda cheklangan vaziyatlarda ham to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun uning harakatlari xilma-xil. Men undan juda ta’sirlandim», — dedi Arteta.

Eslatib o‘tamiz, Xristos Tsolis joriy yozgi transfer oynasida «Arsenal» tarkibiga qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, Aleksis Sanches 2014–2017 yillarda «Arsenal» safida to‘p tepib, 166 ta uchrashuvda 80 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar