«Manchester Yunayted» klubi va Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevill «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta haqida iliq fikr bildirdi.
«So‘nggi yillarda Mikel Artetaga biroz shubha bilan qarab keldik: u yangi bosqichga ko‘tarila oladimi? Sovrinlar yuta oladimi? Pep Gvardiola yoki Yurgen Kloppdan ustun kela oladimi?
Endi esa uning qo‘lida sovrin bor va Arteta o‘zini boshqacha his qilishi kerak. U har doim o‘ziga ishongan, ammo endi buning tasdig‘i ham bor. Arteta Premyer-ligadagi eng xavfli murabbiylardan biriga aylanmoqda. Qolgan murabbiylarning barchasi nisbatan yosh. Arteta shogirdlikdan ustozlik darajasiga ko‘tarildi. Buni ko‘rish mumkin», — dedi Nevill.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» APLning 1-turida «Koventri Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ma’lumot uchun, Mikel Arteta 2019 yil dekabridan buyon «Arsenal» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.