Mikel Arteta «Arsenal»ga «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvarez kabi futbolchi kerakmi, degan savolga munosabat bildirdi.
«Aytganimdek, tarkibimizdan juda mamnunman. Asosiy e’tiborimiz hozir mavjud futbolchilarni rivojlantirishga qaratilgan, chunki bizda allaqachon ko‘plab yaxshi jihatlar bor», — deya Artetaning so'zlarini keltirdi Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, APL 1-turida londonliklar «Koventri» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.