Bugun
115
O'zbek

Edegor: «Bizda shunchaki aqlbovar qilmas tarkib bor»

Futbol
22 avgust, 02:00
«Arsenal» yarimhimoyachisi jamoaning hozirgi tarkibiga baho berdi.
Edegor: «Bizda shunchaki aqlbovar qilmas tarkib bor»
Foto: Getty Images
21.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Arsenal Arsenal 3 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

«Arsenal» yarimhimoyachisi Martin Edegor jamoaning hozirgi tarkibiga baho berdi.

«Bizda shunchaki aqlbovar qilmas tarkib bor. Istalgan futbolchini maydonga tushirish mumkin va u eng yuqori darajani namoyish etadi.

Biz bir-birimizga rivojlanishda yordam beramiz», — deya Edegorning so'zlarini keltirdi jurnalist Fabrizio Romano.

Qayd etish lozim, yangi mavsum APLning 1-turida «Arsenal» o'z maydonida «Koventri»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Edegor asosiy tarkibda maydonga tushib, 76 daqiqa o'ynadi va bir golga mualliflik qildi.

«To'pchilar»ning keyingi raqibi «Aston Villa» bo'ladi. APL 2-tur uchrashuvi 31 avgustdan 1 sentyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar