Live
18
O'zbek

Joau Pedro: «Maqsadlarimizga erisha olishimizga umid qilaman»

Futbol
22 avgust, 07:15
«Chelsi» hujumchisi yangi mavsum oldidan jamoaning maqsadlari haqida gapirdi.
Joau Pedro: «Maqsadlarimizga erisha olishimizga umid qilaman»
Foto: Getty Images

Braziliyalik hujumchi Joau Pedro Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi boshlanishi oldidan jamoaning maqsadlari haqida fikr bildirdi.

«Buni hamma kutmoqda. Biz ko‘p narsaga erisha olishimizni bilamiz, chunki bizda ajoyib jamoa va avval ham g‘alaba qozongan hamda buni davom ettirishni istayotgan murabbiy bor.

Men butun e’tiborimni ishlashga qaratganman. Barchamiz tayyormiz va maqsadlarimizga erisha olishimizga umid qilaman», — dedi Pedro «Chelsi» matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq braziliyalik futbolchi «Chelsi» bilan shartnomasini 2034 yilgacha uzaytirgandi.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» APLning yangi mavsumidagi ilk bahsini 24 avgust kuni safarda «Fulhem»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar