Live
12
O'zbek

Arbelоa «Chelsi» bilan o‘yin oldidan Alonso haqida: «Biz yaqin do‘stmiz, ammo 90 daqiqa davomida do‘st bo‘lmaymiz»

Futbol
22 avgust, 05:16
«Fulhem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Chelsi»ni boshqarayotgan Xabi Alonso bilan munosabatlari haqida gapirdi.
Arbelоa «Chelsi» bilan o‘yin oldidan Alonso haqida: «Biz yaqin do‘stmiz, ammo 90 daqiqa davomida do‘st bo‘lmaymiz»
Foto: Getty Images
24.08.2026, 15:00 Angliya Premer-ligasi Fulhem Fulhem - : - Chelsi Chelsi

«Fulhem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa APL 1-turida «Chelsi»ga qarshi uchrashuv oldidan Xabi Alonso bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

Arbeloa va Alonso futbolchilik faoliyati davomida «Real» safida birga to‘p tepgan. O‘tgan mavsum davomida esa Alvaro Madrid klubida Alonsoning o‘rnini egallab, bosh murabbiy bo‘lgan.

«Men Xabi bilan bir necha kun oldin gaplashdim, ammo futbol haqida emas. Oilalarimiz Londonga keladi, biz yaqin do‘stmiz. Ammo 90 daqiqa davomida klublarimiz uchun bor kuchimizni beramiz.

90 daqiqa davomida do‘st bo‘lmaymiz, chunki bu bahsda g‘alaba qozonishni xohlaymiz», — dedi Arbeloa.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» 24 avgust kuni APL 1-turida «Fulhem»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar