Live
3
O'zbek

«Tottenhem» dam olish kunlari ikki transferni yakunlamoqchi

Futbol
22 avgust, 05:08
London klubi «Manchester Siti» futbolchilari Savinyo va Omar Marmushni tarkibga qo‘shib olishga yaqin.
«Tottenhem» dam olish kunlari ikki transferni yakunlamoqchi
Foto: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi «Manchester Siti»dan ikki futbolchining transferini ushbu dam olish kunlarida yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Tottenhem» vinger Savinyoning transferini allaqachon yakunlagan. Shuningdek, hujumchi Omar Marmush bilan besh yillik shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

London klubi har ikki futbolchi ham dushanbagacha jamoaga qo‘shilishiga ishonchi ortib borayotganini bildirgan. Ikki transfer uchun «Tottenhem» jami 163 million yevro sarflaydi.

Ma’lumot uchun, «Tottenhem» bugun, 22 avgust kuni APL 1-turida «Brentford»ga qarshi safarda bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar