Live
3
O'zbek

«Barselona» Kanseluni ilk bahsgacha ro‘yxatdan o‘tkazishiga ishonmoqda

Futbol
22 avgust, 04:45
Kataloniya klubi portugaliyalik himoyachini yangi mavsumdagi ilk uchrashuvga qaydnomaga kiritishni rejalashtirmoqda.
«Barselona» Kanseluni ilk bahsgacha ro‘yxatdan o‘tkazishiga ishonmoqda
Foto: Getty Images
23.08.2026, 15:30 Ispaniya La Ligasi Elche Elche - : - Barselona Barselona

«Barselona» Joau Kanseluni La Liganing yangi mavsumidagi ilk bahsgacha ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida xotirjamlikni saqlamoqda. Avvalroq kataloniyaliklar portugaliyalik himoyachining «Al Hilol»dan transferini rasman e’lon qilgandi.

Jijantes FC ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» Kanseluni yaqin bir necha soat ichida ro‘yxatdan o‘tkazishiga ishonmoqda. Shundan so‘ng bosh murabbiy Hans-Diter Flik futbolchini Ispaniya chempionatining yangi mavsumidagi ilk bahs uchun qaydnomaga kiritishi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Barselona» 23 avgust kuni La Liga 1-turida safarda «Elche»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:30 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Elche Elche
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar