«Milan» rahbariyatining maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich Luka Modrichning klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi.
— Luka haqida bir necha so‘z ayta olasizmi?
— Luka — maestro. Men uchun u shunchaki futbol o‘ynamaydi. Uning o‘zi futbol. Uning o‘yinini tomosha qilish menga yoqadi. Jahon chempionatida Amerikada ishlaganim va uning Xorvatiya safidagi o‘yinidan zavqlanganim men uchun omad bo‘lgan.
Lukaning «Milan»da yana bir yil qolishidan xursandman. Aytishim mumkinki, u o‘tgan mavsumda jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
U imkon qadar uzoqroq o‘ynashda davom etishi kerak. Chunki men ham shunga o‘xshash vaziyatni boshdan kechirganman. Qancha vaqt o‘ynashim kerak? Faoliyatimni cho‘qqida yakunlashim kerakmi? Ammo o‘shanda o‘zimga: «Imkon qadar uzoqroq o‘yna, chunki to‘xtagan kuning pushaymon bo‘lasan», degandim. Ertasi kuni esa: «Yana uzoqroq o‘ynashim mumkin edi», deb o‘ylaysan.
Aytganimdek, biz «Milan»da uning jamoamizda ekanidan juda xursandmiz. Luka ham bundan juda mamnun, — dedi Ibrahimovich.
Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich «Milan» bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirgan.
Ma’lumot uchun, 40 yoshli xorvatiyalik yarimhimoyachi o‘tgan mavsumda «Milan»ning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan.