"Chelsi" braziliyalik hujumchisi Joao Pedro bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
24 yoshli futbolchining London klubi bilan yangi shartnomasi 2034 yilga qadar mo'ljallangan. Qayd etish lozim, Pedro 2025 yil iyul oyida "ko'klar" safiga kelib qo'shilgandi.
Ma'lumot o'rnida, braziliyalik futbolchi 2025/2026 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 20 ta gol urdi. Shuningdek, mavsum yakuniga yetgach "Chelsi" muxlislari Joaoni jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.
Avvalroq Pedroning "Barselona"ga o'tishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi