Live
12
O'zbek

Pirs Morgan: «Ronaldu «Ar Riyod»ga urgan goli — 977-gol. Tarixiy marragacha 23 ta qoldi»

Futbol
22 avgust, 05:20
Britaniyalik teleboshlovchi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni chempionatidagi navbatdagi golini olqishladi.
Pirs Morgan: «Ronaldu «Ar Riyod»ga urgan goli — 977-gol. Tarixiy marragacha 23 ta qoldi»
Foto: Getty Images
21.08.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al-Riyod Al-Riyod 0 : 4 Al Nassr Al Nassr

Britaniyalik teleboshlovchi va Krishtianu Ronalduning do‘sti Pirs Morgan portugaliyalik hujumchining «Ar Riyod»ga qarshi uchrashuvda urgan goli haqida fikr bildirdi.

41 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 2-tur bahsida gol urdi. Uchrashuvning 83-daqiqasida hujumchi jarima maydoni markazida Ayman Yahyodan uzatma qabul qilib, burildi va aniq zarba bilan yakuniy hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.

«Qanday ajoyib yakunlash… Buyuk futbolchining 977-goli.

1000 ta golni tashkil etadigan tarixiy marragacha atigi 23 ta gol qoldi. Aql bovar qilmaydi», — deb yozdi Morgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Riyod Al-Riyod
  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar