Saudi Proligasi 1-turida amaldagi chempion "An Nasr" o'z maydonida "Al Fateh"ga qarshi bellashdi. Unda mezbonlar 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Dastlab Anjelo 37-daqiqada hisobni ochdi. Tanaffus oldidan Feliks ikkinchi golga mualliflik qildi. 73-daqiqada Samu Koshta yakuniy nuqtani qo'ydi.
Ushbu bellashuvda Krishtianu Ronaldu qaydnomaga ham kiritilmadi. "An Nasr" Ange Postekoglu qo'l ostida ilk g'alabaga erishdi.
Saudi Proligasi. 1-tur
An Nasr – Al Fateh 3:0
Gollar: Anjelo 37, Feliks 40, Koshta 73
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi